Samaras "Saragosa"da tibbiy ko'rikdan o'tadi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2017
"Manchester Siti" va "Seltik" sobiq hujumchisi Georgios Samaras "Saragosa"ga o'tishga yaqin turibdi.

31 yoshli futbolchi bilan og'zaki kelishuv bor, ammo gretsiyalik tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Tajribali futbolchi 2016 yilning 1 dekabridan erkin agentga aylangan.

"Saragosa" Segunda turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com