Saloh o'z golini davosi yo'q kasallikka chalingan misrlik futbolchiga bag'ishladi

Sherzod Nurmatov
13 sen 2020
Xabaringiz bor, bugun Muhammad Saloh "Lids"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.

"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh o'z gollarini amyotrofik lateral skleroz yoki Lu Gerig kasalligiga uchragan misrlik hujumchi Momen Zakariya sharafiga bag'ishladi. Momen Zakariya chalingan ushbu kasallikning afsuski, davosi mavjud emas. 

Zakariya shu paytgacha Misrning "El-Xarbi", "Al Masri", "Zamalek" va Saudiya Arabistonining "Al Ahli" kabi klublarida o'ynagan. Shuningdek, Misr terma jamoasi uchun bir nechta o'yinlarda maydonga tushgan. Futbolchi oxirgi o'yinini 2018 yilda "Al Ahli" (Misr) jamoasida o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, bugun "Liverpul" APL birinchi turida "Lids"ga qarshi o'ynadi va 4:3 hisobida g'alaba qozondi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia