Sahob Rashidov - Dinamo futbolchisi

Alisher
21 yanv 2022
Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Sahob Rashidov Dinamo jamoasi safiga qo'shildi. Klub va 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi o'rtasida bir yillik shartnoma imzolandi. Rashidovlarning kenja vakili Jizzaxning So'g'diyona klubidan Dinamoga erkin agent sifatida taklif etildi.

Sahob Rashidov 2018-2021 yillar davomida So'g'diyona sharafini himoya qilib, Superligada 47ta o'yin o'tkazishga ulgurgan. Xususan, so'nggi mavsumda So'g'diyona tarkibida 13 o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan hamda Superligada kumush medaliga ega chiqqan.


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати