Ryudigerni "Real"ga o'tishga kim ko'ndirgan edi?

Omonjon To`xtamirzayev
25 mar 2025
"Real" sobiq futbolchisi Klod Makelele Antonio Ryudigerning Madrid klubi bilan shartnoma imzolashi haqida gapirib o'tdi.

"Birinchi navbatda, "Real"ga o'tish imkoni paydo bo'lganida u oldimga keldi va shunday dedi: "Nima deysan?" Men esa: "Olg'a bos, bu sening imkoniyating", - dedim.

Unda "Bavariya" va PSJdan ham takliflar bor edi. "Sen sovrinlar yutmoqchimisan? Sen nimalardir yutishga ulgurding, lekin eng yuqori darajada to'p tepishni istaysanmi? Unday bo'lsa, Madridga yo'l ol va dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan bir yerda, buni his qilasan".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: managingmadrid.com