Ruxsor FM: Qishda “Neftchi”ga “Cementchi” va “Yozyovon-lochinlari”dan futbolchilar jalb qilinadi

Narzulla Saydullayev
28 noya 2015
“Neftchi” jamoasi ayni paytda tatilda. Biroq murabbiylar shtabi hali hamon klub bazasida bo'lib turishibdi.

Evgeniy Cheremesin “Qizilqum” bilan o'yinning ertasigayoq jamoani tark etgan. Tabiiyki, mavsum yakuniga etgach keldi-keldilar haqida gaplar boshlanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, hozir “Neftchi”ning barcha futbolchilariga javob berilgan va tarkib 15 dekabr kuni yana yig'iladi. Aynan mana shu ilk yig'in vaqtida ko'p narsaga oydiklik kiritiladi. “Neftchi”ning deyarli 80 foiz futbolchilarining shartnomasi yakuniga yetib bormoqda. Aksariyat, o'yinchilar bilan bir yillik shartnoma imzolangan. Tatil yakuniga etgach, klubda kim qolishi yoki ketish masalasiga oydiklik kiritiladi. “Neftchi” oliy liga-2016 arafasida tarkibni kuchaytish niyatida. “Cementchi” va “Yozyovon-lochinlari” jamoalaridan yangi ijrochilar “Neftchi”ga jalb qilinadi. Xullas, hozircha jamoadan ketadiganlar haqida xech qanday ma'lumot yo'q. Ko'p narsa birinchi yig'indan so'ng ma'lum bo'ladi. Shuningdek, jamoa oldiga oliy liga-2016da aniq bir vazifa qo'yilishi ham kutilmoqda.

“Ruxsor” radiosi, “Futbol kundaligi” dasturidan


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia