Rustam Mirsodiqov: “Bunyodkor” zaxira o'rindig'i hisobiga yutib ketdi”

Narzulla Saydullayev
26 apr 2015
“Metallurg” – “Bunyodkor” (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
“Afsuski, yutishimiz mumkin bo'lgan bahsda mag'lub bo'ldik. Futbolda xatolar kechirilmaydi. "Bunyodkor"ga qaraganda ko'proq vaziyat yaratdik. Lekin imkoniyatlardan foydalanishda, biz kamchiliklarga yo'l qo'ydik.

"Bunyodkor" bugun ko'proq yoshlarni tushirdi. Balki tajribali futbolchilarini tushirganida shogirdlarimning masuliyati yanada osharmidi...Futbolda "sen urmasang senga urishadi" deb bejizga aytishmaydi.

6-9-turlar oralig'ida kuchli klublar bilan ketma-ket o'ynaymiz. Shu bois shogirdlarimni e'tiborliroq va xushyorroq bo'lishga chorlayman.

"Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular bugun zaxira o'rindig'i hisobiga yutib ketishdi, - deydi Rustam Mirsodiqov.


"Bunyodkor" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia