

- Nima uchun aynan "Rubin"? "Navbahor" OCHLga yo'llanma oldi balki FNLda o'ynashni ustun qo'ydingizmi?
- "Navbahor" OCHLga yo'llanma olmasidan avval "Rubin" bilan shartnoma tuzgandim. Shu bois bu klubni tanladim. To'g'ri "Navbahor" OCHLga yo'llanma oldi. Lekin bu hali yuz foiz guruh bosqichida o'ynaydi, degani emas. Jamoani qo'llab-quvvatlayman. Ishonaman. Guruh bosiqichiga chiqishsin. Rossiyada o'ynash o'zim uchun ham qiziq bo'ldi. Jamoa FNLda ishtirok etadi. "Rubin" nasib qilsa yarim yil ichida Premer Ligaga qaytadi, deb o'ylayman.



