

- Uchinchi o'rin uchun bahsda "Bunyodkor" tarkib jihatidan bizdan biroz ustun bo'lishiga qaramasdan birinchi bellashuvda yaxshiroq o'yin namoyish etdik. Shuning uchun ham ijobiy natijaga erishgan edik. Ikkinchi o'yinda esa tengma-teng kurash borayotganda yo'l qo'yilgan birgina xatodan so'ng o'yinchilarim ruhan o'zlariga kela olishmadi. Hal qiluvchi uchinchi o'yinda esa o'yinchilarim ko'proq btishni istashgandi, ular o'yinga ruhan yaxshiroq tayyorlanishdi. Hisobda ikkita to'p farqi bilan ortda borayotganimizga qaramasdan yigitlar o'zlarida kuch topa olishdi va g'alabani ilib ketishdi. Eng muhimi oxirgi o'yinda hakamlar bizga halal berishmadi. Bu muvaffaqiyat bilan barchani tabriklayman.
Tolibjon Qosimov yozib oldi
Tolibjon Qosimov yozib oldi



