Ruslan Roziev: "Ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi"

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2021
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Pro liganing navbatdagi turida "Olimpik" mehmoni bo'ldi (0:3).

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning yosh futbolchilaridan biri Ruslan Roziev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Ruslan uchrashuv haqida fikrlaringiz?

- Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. Lekin ikkinchi bo'limda nimadir bo'ldi, hech narsa o'xshamadi. 

- Uchrashuvning dastlabki qismida "Neftchi" birinchi raqamli jamoa bo'lib to'p tepdi. Ammo ikkinchi bo'limda o'yinni tushirib yubordi. Nima uchun bunday boldi dib uylaysiz?

- Bizda charchoq alomatlari sezildi va havo ham judda issiq edi.

- Tanaffusdan so'ng jamoa uyinni to'liq raqibga topshirib quydi. Buning sababi nimada, deb o'ylaysiz?

- Mening o'ylashimcha, o'zgarishlar ta’sir qildi. O'zgarishlarni biroz kechroq amalga oshirish kerak edi, deb uylayman.

Uchqun Azimov yozib oldi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia