

Ruslan Ahmedov: "Ko'rdingiz, qo'shib berilgan daqiqalarda gol o'tkazish alamli. Yigitlarga rahmat aytaman, chunki ular bugun borini berishdi. Vaziyatdan kelib chiqib, taktik, jismoniy va ruhiy jihatdan o'yinga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'ramn. Jarima maydonchamiz oldida fol qayd etmasligini aytgandim, biroq... Men futbolchini ayblamoqchi emasman, bu shunchaki futbolchilarning saviyasi. Rahbariyat iste'fo talab qilsa, bunga tayyorman. Balki murabbiyni almashtirish kerakdir.
Ikkinchi davragacha imkon berishsa, futbolchilarning 40%ni almashtirishga to'g'ri keladi. YO uyog'lik yo buyog'lik bo'lish kerak. Hammani oldida uzr so'rayman. Oxirgi o'zgarishni aybim deb hisoblayman, buni qilmasam ham bo'lardi, ammo yigitlarga imkoniyat berish kerak deb o'ylagandim. Afsus, shu o'zgarish tufayli achinarli mag'lubiyatga uchradik.
Imkoniyatlar ikkala jamoada ham teng bo'ldi deb o'ylayman. Kamida durangga haqli edik. "Xorazm"da selekciya bo'yicha xato bo'lgan. Moddiy texnik bazamiz yaxshi bo'lmagani tufayli kuchli futbolchilar bizga o'tmayapti. "Ko'chada qolganlar"ni terishga majbur bo'lyapmiz. Agar rahbariyat mendan iste'fo so'rasa, bunga tayyorman. Biroq menga ishonishsa, borimni beraman. Chunki o'zim Xorazmda katta bo'lganman.
- Natijani hisobga olmasak, o'yin uchun tayyorlagan taktikangiz o'zini oqladimi?
- Ha, oqladi. Chunki "Dinamo" safida Superliga o'yinchilari bor. Biz ikkinchi raqam bo'lib o'ynadik va qarshi hujumlarga tayanib harakat qildik.



