

Chiptalardan tushgan pul Ueyn Runi fondiga tushishi va ular Manchesterdagi bir nechta bolalar kasalxonalariga ajratilishi kerak edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, o'sha bahsdan 1,2 mln. funt foyda tushgan. Barcha pullar kasalxonalarga hadiya qilindi.
"O'sha uchrashuvga kelib, o'yinni o'zgacha o'tishiga yordam bergan barchaga rahmat aytaman. Og'ir holatda bo'lgan bolalarga yordam berish uchun etarli darajada pul to'pladik. Bu ularning hayoti uchun katta ahamiyatga ega" - deydi Runi.
2017 yilda Ueyn Runi fondi 5 mln. funt ishlab, bu pullarni xayriya qilishni rejalashtiryapti.



