Runi "Everton"ga o'tish uchun maoshi kamayishiga ham rozi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2017
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi "Everton"ga o'tish uchun maoshi kamayishiga ham rozi.

Ingliz futbolchining agenti "Everton" boshqaruv raisi Bill Kenrayt bilan uchrashdi va mijozining kelajagini muhokama qildi.

Ueyn Runining shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi, ammo matbuotda hujumchi "Everton"ga tekinga o'tishi haqida ma'lumot e'lon qilindi. Klub esa unga haftasiga 250 ming funt to'lashda davom etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com