Runi 100 soat tekin ishlab berishni boshladi

Aslanov Jasurbek
7 okt 2017
"Everton" hujumchisi Ueyn Runi mast holda mashina haydagani uchun sud tomonidan chiqarilgan jazoni o'tashni boshladi.

Eslatib o'tamiz, sud 31 yoshli futbolchiga 100 soat ishlarida qatnashish va 2 yil mashina haydamaslik jazosini qo'llagan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ueyn Runi o'z uyi oldidagi qariyalar uyida ishga kirishgan. Hujumchini qariyalar uyi bog'idagi o'rindiqlarni bo'yayotganida ko'rishgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail