Rufat Akramxo'jaev: "Nasaf" bilan o'yinda futbolchilarimizning darajasi qandayligi bilindi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2021
Superliganing oltinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" (6:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Rufat Akramxo'jaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi





"Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ushbu uchrashuv futbolchilarimizning darajasini ko'rsatib qo'ydi. Taktik va jismoniy tomondan qay darajada tayyorligi bilindi. Birinchi bo'limda hammasi ko'ngildagidek bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshidagi ikkita gol hammasini o'zgartirib yubordi. Bu ruhiy tomondan ham yigitlarga ta’sir qildi.

So'nggi uchrashuvlarda o'yinimiz qovushmayotganiga sabab sifatida biror narsani ko'rsata olmayman. Qaysidir joyda bizdan omad yuz o'girmoqda. Yana nimadir etishmayapti. O'tkazib yuborgan gollarimiz futbolchilarga ruhiy tomondan zarba bo'ldi. "Nasaf" jamoasi qanotlarda yaxshi hujumlar tashkil qilishini bilar edik. Goldan so'ng o'yin suratini o'zgartirib hisobni tenglashtirish uchun harakat qildik. Afsuski bunga erisha olmadik.

Bu yildan yoshlarga e'tibor qaratishni boshladik. Jamoamizda 3-4 nafar tajribali ijrochi bor. Ularning yordamiga tayanamiz",- deydi Rufat Akramxo'jaev.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia