Rudi Garsiya “Yuventus” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?

“Lion” bosh murabbiyi “Yuventus” ustidan erishilgan g'alaba haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

“Birinchi bo'lim menga juda ham yoqdi. U haqiqatdan ham ajoyib o'tdi. Yaxshi himoyalandik, oldinga o'tdik va gol urdi. Rejamiz 100 foiz o'xshadi. Ikkinchi bo'limda esa “Lion” nazoratni yo'qotdi. Buning uchun jazolanishimizga bir bahya qoldi. “Yuventus” hujumni kuchaytirdi, bizga qiyin bo'ldi. Darvozamiz oldida zich himoyalanishga to'g'ri keldi. O'z uyimida gol o'tkazmaganimiz esa qoyilmaqom ish bo'ldi. Afsus qiladigan yagona narsamiz esa ikkinchi golni ura olmaganimizdir. Birinchi bo'lim yakuniga qadar nazorat qo'limizda bo'lib turgan vaqtda ikkinchi golni ham urishimiz mumkin edi, biroq...”, - deydi Garsiya.


Manba: UEFA.com