

"Albatta, buning sabablaridan biri - pul. Buni rad etib bo'lmaydi. Ko'pchilik biz bu loyiha haqida gapirganimizda shunchaki gap deb o'ylashini bilaman, lekin bu noto'g'ri. Bizga loyihani ko'rsatishganda, bu juda ajoyib edi.
Mamlakat va undagi futbol qay darajada rivojlanayotgani va bir necha yildan so'ng qanday bo'lishi haqida ko'pchilik bilmaydi. Ishonamanki, ikki-uch yildan so'ng bu juda ajoyib chempionat bo'ladi", - dedi Nevesh.



