

“Biz shunchaki shu ruhda davom etishimiz kerak. Endi jamoa raqiblarni o'ylamasdan, faqat keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bizning eng katta dushmanimiz - bu o'zimiz. Jamoa hozirgi kayfiyatni saqlab qolishi kerak”, - portugaliyalik futbolchining so'zlarini keltiradi “Goal”.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” barcha turnirlar doirasidagi so'nggi 20 ta o'yinda g'alaba qozondi. “Shaharliklar” so'nggi bor 21 noyabr kuni “Tottenxem”ga (0:2) imkoniyatni boy berishgan edi.



