RPL. Yo'ldoshev o'ynayotgan jamoa mavsumning 2-qismini yirik mag'lubiyat bilan boshladi. Bugun esa Erkinov “Torpedo” bilan birga Krasnodarga safar qiladi

Eldor Akmurzayev
5 mar 2023
Rossiya yuqori divizionida mavsumning 2-qismi boshlandi.

Kecha, 4 mart kuni “Pari NN” safarda peshqadam “Zenit”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Nijniy novgorodliklar safida Ibrohimhalil Yo'ldoshev 76-daqiqada himoyachisi Daniil Kornyushinning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi. U joriy mavsumdagi 17-o'yinida qatnashdi. 22 yoshli o'zbekistonlik hisobida 2 ta gol va 5 ta sariq kartochka bor.

"Zenit" – "Pari NN" 3:0 (1:0, 2:0)

"Gazprom Arena"

Gollar: 1:0 – 12 Malkom, 2:0 – 47 Malkom, 3:0 – 82 Eroxin.

"Zenit" – Kerjakov, Karavaev, Rodrigao, Renan, Krugovoy, Kuzyaev (Eroxin, 75), Barrios (Bakaev, 90), Vendel (Duglas Santos, 84), Malkom, Kasserra (Sergeev, 75), Mostovoy (Mantuan, 84).

"Pari NN" – Goylo, Masoero, Gocuk, Kakkoev, Kornyushin (Yo'ldoshev, 76), Mixaylov (Sharipov, 90), Mayga, Stockiy, Yakovlev (Sevikyan, 56), Suleymanov (Yansane, 90), Kalinskiy (Krotov, 56).

Ogohlantirish: Stockiy (25).

Bugun, 5 mart kuni 18-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Hojimat Erkinov harakat qilayotgan “Torpedo” mehmonda “Krasnodar”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi. Erkinov 2022/23 yilgi mavsum RPLda 15 o'yinda qatnashib, bitta golga hammuallif bo'ldi va 4 bor hakamlar tomonida sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. Moskvaliklar ayni vaqt turnir jadvalida 6 ochko bilan yaqqol autsayder bo'lib turibdi.

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia