RPL. "Ufa" o'z uyida "Arsenal"ni mag'lub etdi, O'runov 85 daqiqa harakat qildi

Alisher
14 may 2022
RPL 29-tur doirasidagi "Ufa" - "Arsenal" (Tula) o'yini bo'lib o'tdi.

Boshqirdistonliklarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O'runov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 85-daqiqada o'z o'rnini Saplinovga bo'shatib berdi.


"Ufa" - "Arsenal" 2:1

Gollar: 1:0 – 13 Kabutov, 1:1 – 25 Kangva, 2:1 – 75 Agalarov.

"Ufa": Chichkan, Nikitin, Juravlev, Pliev, Suxov (Krotov, 46), Kabutov, Ivanov (Kamilov, 46), Fishenko (Ortis, 65), O'runov (Saplinov, 85), Agalarov, Kasintura (Golubev, 79).

"Arsenal": Levashov, Smolnikov, Kostadinov, Sokol, Stepanov, Tkachev (E. Kangva, 22), Guliev (Despotovich, 77), Chaushich, Kangva, Kaynov (Radakovich, 77), Markov (Lucenko, 77).

Ogohlantirishlar: Smolnikov (24), E. Kangva (40), Kostadinov (45), Kabutov (90).

Chetlatish: E. Kangva (72).


RPL TURNIR JADVALI


AlisherMuallif
Manba: championat.asia