

Bahsda birinchi gol O'zbekiston MTJ forvardi Eldor Shomurodov tomonidan urildi. U jamoadoshi Aleksey Ionovning qanotdan uzatib bergan to'pini, boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. 1 taymning so'nggi daqiqalarida esa Ionovning o'zi uzoq masofadan gol urib, hisobni oshirdi. Mexmonlar esa Jorje Despotovichning aniq zarbasi evaziga oradagi farqni qisqartirdi. Shu tariqa, rostovliklar yangi mavsumni g'alaba bilan boshladi.
Rostov – Orenburg 2:1 (2:0, 0:1)
Rostov-Arena
Gollar: 1:0 – 11 Shomurodov, 2:0 – 42 Ionov, 2:1 – 49 Despotovich.
Rostov – Pesyakov, Kozlov (Logashov, 75), Chernov, Sigurdsson, Chistyakov, Eremenko, Bayramyan (Zuev, 67), Popov, Ionov, Normann, Shomurodov (Sigurdarson, 82).
Orenburg – Dovbnya, Malix, Shaxov, Kozlov, Terexov, Mishkich, Afonin, Rikardu Alvesh (Kulishev, 61), Malyarov (Ayupov, 72), Sivakov, Despotovich.
Ogohlantirishlar: Bayramyan (26), Malyarov (43), Sivakov (52), Normann (54), Afonin (81).





