RPL. "Nijniy Novgorod" "Ximki"ga yirik hisobda yutqazdi, Ibrohimhalil Yo'ldoshev zaxiradan o'yinga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2022
Rossiya chempionati 2-turidan o'rin olgan "Ximki" – "Nijniy Novgorod" bahsi yakuniga etdi.

Unda mezbonlar 2-taymda urilgan 3 ta gol evaziga yirik hisobda g'alaba qozonishdi. Mehmonlar safida O'zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev 74-daqiqada maydonga tushdi va bahs so'ngiga qadar harakat qildi.

Ximki – Pari NN 3:0 

Arena Ximki

Gollar: 1:0 – 62 Rudenko, 2:0 – 80 Mirzov, 3:0 – 89 Dolgov.

Ximki – Lantratov, Nikitin, Tixiy, Filin, Idovu, Bojenov (Cherniy, 86), Glushakov (Kamishev, 79), Gbane (Sadigov, 85), Mirzov (Yuran, 86), Lomovickiy, Rudenko (Dolgov, 63).

Pari NN – Nigmatullin, Kornyushin (Yo'ldoshev, 74), Gocuk, Kakkoev, Aleksandrov (Kobesov, 87), Stockiy, Kalinskiy, Ribchinskiy (Shilcov, 75), Berkovskiy (Milson, 46), Mayga (Sharipov, 58), Krotov.

Ogohlantirishlar: Mayga (10), Milson (50), Sadigov (87).

Turnir jadvali


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia