RPL. "Nijniy Novgorod" "Fakel" ustidan g'alabaga erishdi, Yo'ldoshev 61 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
3 sen 2022
Rossiya chempionati 8-turi doirasidagi "Nijniy Novgorod" – "Fakel" o'yini yakuniga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 61-daqiqada o'z o'rnini Vyacheslav Krotovga bo'shatib berdi. 

"Nijniy Novgorod" bugungi bahsdan keyin 9 ochko bilan 10-o'ringa joylashdi.

Pari NN – Fakel 3:1 

Nijniy Novgorod stadioni

Gollar: 0:1 – 5 Maksimov, 1:1 – 66, penalti Kalinskiy, 2:1 – 73, penalti Kalinskiy, 3:1 – 90 Milson.

Pari NN – Goylo, Gocuk, Masoero, Agapov, Yo'ldoshev (Krotov, 61), Stockiy, Kalinskiy, Sharipov (Milson, 46), Ribchinskiy (Nabiullin, 79), Mayga (Kakkoev, 61), Suleymanov (Jigulev, 90).

Fakel – Svinov, Shlyakov, Smirnov, Suslov, Morozov, Alshin (Magal, 67), Akbashev (Ivaxnov, 78), Mendel, Dmitriev (Shavaev, 78), Appaev, Maksimov (Gongadze, 67).

Ogohlantirishlar: Agapov (36), Sharipov (43), Yuldoshev (50), Mendel (78), Magal (82), Milson (89).

Turnir jadvali


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia