RPL. "Krilya Sovetov" nihoyat g'alaba qozondi. Denisov esa to'liq o'ynadi
Eldor Akmurzayev
12 apr 2019
Rossiya chempionatining 23-turi doirasida Krilya Sovetov o'z maydonida Rubinni qabul qilib, minimal hisobda g'alabaga erishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 56-daqiqada Anton Zinkovskiy tomonidan kiritildi. Vitaliy Denisov ushbu bahsda to'liq harakat qildi. Mazkur g'alabadan keyin samaraliklar hisobidagi ochkolar 27taga etdi va ular jadvalning 10-o'rniga ko'tarildi.