

SSKA o'z uyida "Krilya Sovetov"ni mehmon qildi va jangovar durang qayd etdi. Quvonarlisi, ikkinchi taymda maydonga tushgan Abbos Fayzullaev o'z pasi orqali jamoasi ikkinchi golni urishida hissa qo'shdi (VIDEO) va moskvaliklar mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
RPL
8-tur
SSKA – Krylya Sovetov 2:2
VEB Arena
Gollar: 0:1 – 2 Rasskazov, 0:2 – 22 Saltikov, 1:2 – 32, penalti Zabolotniy, 2:2 – 75 Chalov.
SSKA – Akinfeev, Xelven, Nababkin (Chalov, 59), Moyzes (Agapov, 21), Villian Rosha, Gayich, Glebov, Zdelar, Kuchaev (Muxin, 46), Oblyakov, Davila (Fayzullaev, 46), Zabolotniy.
Krylya Sovetov – Lomaev, Beyl, Soldatenkov, Evgenev, Gorshkov, Rasskazov, Fernando, Raxmanovich (Pisarskiy, 71), Babkin (Vityugov, 81), Saltikov, Shitov (Xubulov, 72; Ushakov, 89).
Ogohlantirishlar: Lomaev (31), Villian Rosha (37), Zdelar (40), Fernando (66), Beyl (87).
Chetlatishlar: Villian Rosha (62), Soldatenkov (90).
Fayzullaev ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

SSKA 8 turdan so'ng 12 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. "Armiyachilar"ning keyngi uchrashuvi 20 sentyabr kuni "Sochi"ga qarshi kechadi.



