RPL. Autsayder mehmonda 2-o'rindagi “Lokomotiv”dan ochko tortib oldi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2020
Rossiya chempionatining 25-turidan o'rin olgan ilk bahs Moskvada “Lokomotiv” hamda so'nggi o'rindagi “Krilya Sovetov” o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda hisob 14-daqiqada mehmonlar forvardi Deyan Radonich tomonidan ochilgan bo'lsa, 90+6 daqiqada moskvaliklar yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk oradagi farqni tikladi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Aytish joizki, o'yin davomida mezbonlardan Vladislav Ignatev mehmonlardan esa iroqlik Safo Xadi ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etgan.

Lokomotiv – Krilya Sovetov 1:1 (0:1, 1:0)

stadion Lokomotiv

Gollar: 0:1 – 14 Radonich, 1:1 – 90 Miranchuk.

Lokomotiv – Gilerme (Kochenkov, 33), Kverkveliya (Jivoglyadov, 70), Chorluka, Idovu, Ignatev, Joau Mariu, Barinov, Kryxovyak, Miranchuk, Jemaletdinov (Miranchuk, 57), Eder.

Krilya Sovetov – Frolov, Poluyaxtov, Lyscov, Burlak (Xadi, 57), Zeffan (Chicherin, 40), Gackan, Glushenkov (Terexov, 90), Timofeev, Popovich (Anton, 46), Kabutov, Radonich (Zinkovskiy, 46).

Ogohlantirishlar: Timofeev (10), Ignatev (27), Poluyaxtov (33), Kabutov (45), Chorluka (48), Gackan (52), Xadi (71), Idovu (75), Frolov (82), Eder (87).

Chetlatishlar: Ignatev (50), Xadi (73).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia