

Shu tariqa, Ro'ziqul Berdiev faoliyatida uchinchi marta yilning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi. 2013 va 2016 yillarda ham u yurtimizda eng yaxshi bo'lgandi.
O'zbekistonda eng yaxshi murabbiy bo'lish bo'yicha rekordchi Yuriy Sarkisyan hisoblanadi. "Neftchi" sobiq ustozi besh marta yil murabbiyi bo'lgan. Viktor Jalilov hisobida ham 3ta sovrin bor.




