

-Bu yilgi mavsumda chempionatni sovrin o'rinlarda yakunlashimizda eng avvalo muxlislarimizning o'rni katta bo'ldi. Ularga alohida rahmat deyman, -deydi Ro'ziqul Sadullaevich. -O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsak, ob-havo maydonda futbolchilarning erkin harakat qilishlariga to'sqinlik, qilsada yig'ilganlar chiroyli futbol guvohi bo'lishdi. “Olmaliq” har qanday raqibga qarshilik ko'rsatadigan, ochiq futbol namoyish etadigan jamoa. Shuning uchun ham bugun ko'plab gollarga guvoh bo'ldik. Bugungi o'yinda maqsadimiz muxlislarni xursand qilish edi. Menimcha, hech kim stadiondan hafa bo'lib kyetmadi. Jamoamiz a'zolari dekabr oyiga qadar tatilga chiqishadi. So'ngra yangi mavsum avvalida yangi reja va maqsadlarimizni amalga oshirishga kirishamiz.



