Ro'ziqul Berdiev: "Jamoani kuchaytirish borasida o'zgarishlar bo'ladi"

Iskandarov Abdulaziz
27 noya 2022
Coca Cola Superliganing 2022 yilgi "eng yaxshi murabbiyi" Ro'ziqul Berdiev joriy mavsum va keyingi yilgi rejalar haqida fikr bildirdi.

"Nasaf" bu mavsumda OCHLda munosib ishtirok etdi va kuchli raqiblar qarama-qarshiligini engib keyingi bosqichga yo'llanma oldi. O'zbekiston kubogi finalida "Navbahor"dan ustun keldi. Chempionat yakunlariga ko'ra bronza medallariga ega chiqdi. 



"Mavsum har yilgidan qiziqarli o'tdi. Pastda ham, yuqorida ham kurash kechdi. Bu muxlislarda ham qiziqish uyg'otdi. Ko'p jamoalar natija uchun taktika tanladi. Shu bois kutilmagan natijalar ko'p bo'ldi. Jamoam uchun qoniqarli o'tdi, deb o'ylayman. Bilasiz, OCHL, O'zbekiston kubogida yaxshi qatnashdik. Lekin chempionatda maqsadimizga erisha olmadik. O'ylaymanki, jamoam baribir yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ular yana o'sishga erishadi. 

Chempionlik uchun imkoniyat keyingi yana bo'lishi aniq. Jamoa o'zagini saqlab qolishimiz kerak. "Nasaf" Superligadagi boshqa jamoalarga nisbatan ancha yoshroq. Bu degani o'yinchilar o'sadi. Qancha tajribamiz oshgani sari, maqsadni yuqori qo'yaveramiz. 

Jamoani kuchaytirish haqida rahbariyat bilan gaplashdik. Bu borada o'zgarishlar bo'ladi albatta",- deydi Ro'ziqul Berdiev. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia