"Barcha muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. O'ylashimcha o'yin to'lig'icha ustunligimiz ostida o'tdi. Bollarda hayajon sezilib turdi. Qisqa qilib aytganda bugun haqli g'alabaga erishdik", - deydi Ro'ziqul Berdiev.
- Ko'proq gol urish kerak edi...
- Asosiysi natija. Biz yirik g'alabaga erishdik va keyingi bosqichga chiqdik.
- Bugungi o'yinda asosiysi natija. Guruh bosqichiga yana bir qadam tashladik. O'yin davomida raqibning kuchsiz tomonlaridan foydalandik, - deydi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Dragan Cheran.
- "Al Hidd" bugun juda kuchsiz o'ynadi. Sizga qanday tuyuldi?
- Bunga bizning tezkor ikkita gol urganimiz sabab bo'ldi. Raqib gol o'tkazgach hujumga o'tishga urindi. Biz esa ishonchli o'ynab g'alabaga erishdik.
- Chap qanotda maydonga tushgan Islom Kenjaboev ko'pchilik uchun yangilik bo'ldi. Mavsum davomida chap qanotda aynan Islom o'ynaydimi?
- Bugun uning asosiy tarkibda tushishiga asosiy sabab Turkiyadagi yig'inda chap qanotda eng faollardan biri bo'ldi. Agar o'z ustida ishlashda davom etsa yaxshi futbolchi bo'lib etishadi.
- Keyingi bahs "Al Fateh"ga qarshi o'ynaysizlar. Bu klub "Al Hidd"dan ancha kuchli...
- To'g'ri aytdingiz. Saudiya Arabistoni va Bahrayn futboli ancha farq qiladi. Bu jamoa ayni paytda o'z ligasida eng so'nggi pog'onada bormoqda. Bu hech narsani anglatmaydi. Bu jamoa o'yinlarini ko'rdim. Ertadan "Fateh"ni o'rgana boshlaymiz.
- Bugun Cheran hujumchi ortida o'ynadi. Faqat bugungi o'yin uchun tanlangan taktikamidi?
- Albatta, faqat bugungi o'yinda Cheran o'ynadi. Erkinov boshi bilan yaxshi o'ynaydi, shu bois hujumga qo'ydik. Cheran esa pasni ham yaxshi beradi. Shu bois taktikamiz shunday bo'ldi.
- Sizga bu joyda o'ynash qiyin bo'lmadimi?
Dragan Cheran: - Yo'q u qadar qiyin bo'lmadi. Jamoaga foyda keltirsam bo'lgani.
- Akmal Shorahmedov jamoaga juda tez chiqishib ketdi. Bunga sabab nima?
- Akmal haqiqiy professional ekanini isbotladi. Bunga shubha yo'q edi. Bizning jamoaga kelgan har qanday futbolchi tezda kirishib ketadi.
- Keyingi rejalar qanday?
-Bir haftadan keyin "Al Fateh" bilan o'ynaymiz. Agar g'alaba qozonsak guruh bosqichiga chiqamiz. Fevral oyida bizda yig'in o'tkazish qiyin, shu bois balki xorijiy yig'in o'tkazishimiz mumkin.
Narzulla Saydullaev