Ro'zimboy Ahmedov - "Xorazm" FK bosh direktori

Narzulla Saydullayev
17 may 2024
Xorazm Prof Futbol MCHJ Yagona tasischisining qaroriga muvofiq Ahmedov Ro'zimboy Yaxshimurodovich Xorazm klubi bosh direktori etib tayinlandi.

Unga qadar klubni Tajimov Umidbek Ortiqovich boshqarib kelayotgandi.

Ro'zimboy Ahmedov futbolchilik faoliyati orqali futbol muxlislariga yaxshi tanish. Professional futbolchilik karerasini aynan "Xorazm"da boshlagan Ahmedov, keyinchalik "Paxtakor", OKMK, "Navbahor", "Neftchi", "Andijon", "Dinamo", "Buxoro" kabi klublar sharafini himoya qildi va faoliyati davomida 100 ortiq gol urishga erishdi. Endilikda u jamoa rahbari sifatida Xorazm muvaffaqiyatlariga hissa qo'shishga harakat qiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz