Rojers: Kavani qancha tursa, Suares ham shuncha turadi

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2013, 17:53
"PSJ" Urugvaylik Edison Kavani transferi uchun 63 million evro sarflagan edi. "Liverpul" murabbiyi Brenden Rojers so'zlariga ko'ra Suares ham aynan shuncha turadi.
Rojers fikricha, Luis dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri bo'lgani vajidan, unga taklif qilinayotgan summa uning iqtidoriga munosib bo'lmog'i lozim. Shu bilan birgalikda Rojers uni hali ham jamoada qolishidan umidvor.

"Kavani transferi 55 million funtga baxolanganidan keyin, Suaresniki ham kamida shunchaga baxolanishi kerak".

"Ha bizga "Arsenal"dan aniq taklif bilan kelishdi. Biroq ular taklif qilgan pul Suares munosib bo'lganidan pastroq deb hisobladik. Ular hatto biz talab qilgan miqdordagi pul bilan kelishsa ham, uning jamoadan kyetishiga kafolat yo'q. Biz uni hamon o'z safimizda ko'rishni va uning atrofida jamoa qurishni istaymiz".

"U biz aslo sotishni istamayotgan futbolchilarimizdan biridir. U shartnomasi bo'yicha ham hali klubda uch yil ishlashi kerak".

"Uni sotmasak ham yangi futbolchilar sotib olishga pul tayyorlab qo'yganmiz", - dedi Rojers.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: goal.com