

Siz nima haqida gapirayotganingizni bilmayman. Runi va Vardi o'rtasida hech qanday muammo yo'q. Aslida barchasi aksincha, ular yaqin do'stlar, – deydi Xojson.
The Independent nashri xabariga ko'ra, Runi Vardi bilan uning turmush o'rtog'i haqida gaplashib olgan. Rebeki Vardi ayni paytda Fransiyada bo'lib turibdi va OAV orqali turli intervyular bermoqda. Ueynning fikricha bu bilan terma jamoa a'zolarini chalg'itmoqda.



