Rossiyalik mashhur murabbiy: Husanovning Manchester Sitiga transferi meni hayron qoldirdi

Khoja
12 yanv 2025, 08:50
Rossiyaning mashhur murabbiylaridan biri Yuriy Syomin Abduqodir Husanovning transferi haqida fikr bildirdi.

Husanovning Manchester Sitiga transferi hayron qoldirdi. Eng g'alatisi qanday qilib, shunday iqtidor sohibini RPL jamoalarining hech biri ko'ra bilmadi. U O'zbekiston va Belarusda o'ynagan. Bu mamlakatlar futboli biz uchun juda yaqin edi. 

U Man Sitiga 50 million evroga o'tmoqda. Lans esa uni atigi 100 mingga sotib olgandi. Qarang francuzlar bittagina transfyerdan qancha ishlab olishdi. Shu o'rinda bitta savol tug'iladi. Rossiya jamoalarining skautlari nimalar qilmoqda? Axir ular birinchi bo'lib, shunday futbolchilarni ko'rishlari kerakku, - deb fikr bildirdi Yuriy Syomin.


KhojaMuallif
Manba: championat.com