Rossiya TJ sobiq forvardi Sherzod Nasrullaevning o'yinini yuqori baholadi

Eldor Akmurzayev
16 avg 2022
Rossiya termasi sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov “Nasaf” a'zosini etirof etdi.

U saytimiz xodimi bilan suhbatda “ajdarlar” futbolchisi Sherzod Nasrullaevning o'yinlari yoqishini aytib o'tdi. 24 yoshli himoyachi joriy mavsum Superligada 10 o'yinda qatnashib, bir bor ogohlantirildi.

Eslatib o'tamiz, Kerjakov 2017 yil butsasini mixga ilgan. 2022 yil esa “Nijniy Novgorod” bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan. Jamoasi o'tgan mavsum RPLda 11-o'rindan joy olgandi. Avvalroq, mazkur klub Nasrullaevga qiziqish bildirgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia