Rossiya Superkubogi. “Zenit” rekord qo'ydi va SSKAning natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2022
Rossiya Superkubogi-2022 uchun bahsda “Zenit” 4:0 hisobida “Spartak”ni engib, bosh sovrin egasiga aylandi.

Peterburgliklar qatorasiga uchinchi marotaba (2020, 2021, 2022) mazkur titulga ega chiqib, bu borada rekord o'rnatishdi. Avvalroq, ketma-ket 2 bor chempionlik Zenit (2015, 2016) hamda SSKAga (2006, 2007 hamda 2013, 2014) nasib etgan.

Shuningdek, “Zenit” superkubokdagi titullar (2008, 2011, 2015, 2016, 2020, 2021, 2022) borasida rekordchi bo'lgan SSKAga (2004, 2006, 2007, 2009, 2013, 2014, 2018) tenglashib oldi. Endi yetakchilar hisobida 7 tadan titul bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru