Rossiya chempionati. Afoninning xatosi “Orenburg”ning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi

28 sen 2018, 23:48
Rossiya chempionatining 9-turida “Orenburg” futbolchilari o'z maydonlarida SSKAga kichik hisobda imkoiniyatni boy berishdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida hamyurtimiz Vadim Afonin o'z jarima maydonchasi ichida mehmonlar futbolchisi Chalovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.Uchrashuv bosh hakami Vadimga sariq kartochka ko'rsatdi va maydon egalari darvozasiga penalti belgiladi. Jabrlanuvchining o'zi 11-metrlik jarima zarbasini aniq bajarib, yakunda jamoasining g'alabasini taminladi.

Rossiya chempionati, 9-tur.

Orenburg – SSKA 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 32, penalti Chalov.

Orenburg – Frolov, Malyx (Kozlov, 54), Oyevole, Begich, Andreev, Terexov, Popovich (Chirkin, 76), AFONIN, Mishkich, Sutormin (Chukanov, 85), Despotovich.

SSKA –Akinfeev, Fernandes, Rodrigo Bekao, Chernov, Nababkin, Biyol, Axmetov, Vlashich, Dzagoev (Jamaletdinov, 66), Oblyakov (Sigurdsson, 79), Chalov (Efremov, 83).

Ogohlantirish: AFONIN (30), Sutormin (34), Terexov (39), Biyol (42), Kozlov (55), Begich (77), Chirkin (85).


Manba: championat.asia