Rossiya birinchi divizioni. Vadim Afonin "Salyut" safida gol urdi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2013
Rossiya birinchi divizionida 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan "Gazovik" klubi o'z uyida Sankt-Peterburgning "Dinamo" klubini qabul qilib 2:1 hisobida zafar quchdi. Sanjar Tursunov ushbu o'yinda 72-daqiqaga qadar harakat qildi. 

Gazovik – Dinamo SPb 2:1 (0:1, 2:0)
7 avgust, 18.00, Gazovik 
Gollar
: 0:1 – 14 Kirsanov, 1:1 – 61 Xazov, 2:1 – 89 Xazov.

"Nefteximik" klubi o'z uyida "Salyut" bilan bellashdi. O'yinda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Quvonarlisi gollardan birini hamyurtimiz Vadim Afonin maydon egalari darvozasiga yo'lladi. Mezbonlar safida esa Davron Mirzaev 85-daqiqada Valter Chala o'rniga maydonga tushdi.

Nefteximik – Salyut 1:3 (0:1)
7 avgust, 19.00, Nefteximik 
Gollar
: 0:1 – 24 Yakovlev, 0:2 – 62 Mixeev, 1:2 – 73 M. Jalilov, 1:3 – 90+2 VADIM AFONIN.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia