

37 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi bekor qilingandan so'ng Saudiya Arabistoni klubiga erkin agent sifatida o'tdi.
Transfer bilan Ronalduning agenti Jorje Mendesh emas, balki Krishtianuning shaxsiy menejeri va do'sti Rikardu Regufe shug'ullandi.
"Marca" xabariga ko'ra, o'tishni tashkil qilgani uchun Regufe 30 million evroga yaqin komissiyaga ega bo'ldi.



