Ronalduning mehmonxonasi Marokashda zilziladan jabrlanganlarga boshpana berdi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2023
Krishtianu Ronaldu mehmonxonasi Marokashda zilzilalardan jabr ko'rganlarni qabul qildi.

Eslatib o'tamiz, bugun Marokash janubida jiddiy zilzila sodir bo'lib, 1000dan ortiq kishi halok bo'ldi.

Marokashda bo'lib turgan ispaniyalik turist qiz Iren Seyshasning aytishicha, Ronalduning 4 yulduzli mehmonxonasi Pestana Marrakech zilziladan jabr ko'rganlarni qabul qilib, ularga tekin xizmat ko'rsatmoqda.

Ispaniyalik qizning so'zlariga ko'ra, voqeadan so'ng Marokashni tark etmoqchi bo'lganlar chipta xarid qila olishmagan, chunki ularning barchasi sotilib bo'lgan edi. Mehmonxonalar bilan ham vaziyat shunday bo'lgan.

"Qimmatbaho mehmonxonalar hududiga borishimizga to'g'ri keldi. Keyin u erda Krishtianu Ronaldu mehmonxonasini bizga boshpana berishiga ko'ndirdik" - dedi Seyshas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ABC