Ronaldu "Yuventus" safida ilk bor jarima zarbasini golga aylantirdi

4 iyul 2020, 23:23
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 30-turidagi "Torino"ga (4:1) qarshi bahsda bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

35 yoshli portugaliyalik futbolchi bugun Turin klubi safida birinchi bor jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ushbu voqea o'yinning 61-daqiqasida ro'y berdi. Takidlash lozimki, Ronalduga "keksa sinora" tarkibida jarimadan gol urish uchun 43 ta imkoniyat kerak bo'ldi.

Joriy mavsum A Seriyaning 26 o'yinida ishtirok etgan "Yuventus" yetakchisi gol+pas tizimida 30 (25+5) ochko to'plagan.


Manba: Opta Sports