Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish jarayonida qatnashmadi. Portugaliyadan sardor sifatida Pepe tanlandi va u Messini uchlikka qo'shmadi

Eldor Akmurzayev
28 fev 2023
“Al Nassr” a'zosi Krishtianu Ronaldu Portugaliya TJ sardori sifatida “FIFA The Best-2022”da yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish jarayonida qatnashmadi.

Uning o'rniga tajribali himoyachi Pepe tanlab olindi va u top-3 futbolchilar ro'yxatiga Kilian Mbappe (1), Luka Modrich (2) hamda Karim Benzemani (3) kiritdi.

Yil futbolchisi unvoni esa FIFA talqini bo'yicha ikkinchi marotaba Lionel Messiga nasib etdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FIFA