

Portugaliyaning mashhur A Bola nashri Yevropa chempionati chorak finali doirasidagi Fransiyaga qarshi o'yindan keyin (0:0, 3:5 penaltilar seriyasi) barcha futbolchilarga baho qo'ydi.
Ronaldu va Feliks 10 ballik tizimda 5 ballga loyiq ko'rilishdi. Ma'lumot uchun, Feliks o'yindan keyingi penaltilar seriyasida gol ura olmadi.
Portugaliya terma jamoasi tarkibida eng yuqori ballga Nunu Mendesh, Pepe, Joau Palinya va Vitinya loyiq ko'rildi - 8 balldan. A Bola Mendeshni o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.



