Ronaldu terma jamoa safida 10 ta xet-trik qayd etgan dastlabki futbolchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2021
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralash bosqichida Lyuksemburgga qarshi o'yinda (5:0) uchta gol urdi.

Bu uning milliy terma jamoadagi 10-xet-trigi hisoblanadi. U tarixda bu ko'rsatkichga erishgan dastlabki o'yinchi bo'ldi.

Eronlik Ali Daei hisobida 8 xet-trik mavjud bo'lsa, braziliyalik Pele va argentinalik Lionel Messining hisobida 7 tadan xet-trik mavjud.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com