Ronaldu telefon orqali "Yuventus" bosh murabbiyi bilan suhbatlashdi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2018
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan suhbatlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu va Allegri juma kuni telefon orqali muloqot qilishdi. Allegri bu payt "Yuventus" prezidenti Andre Anelli  bilan transferlarni muhokama qilish uchun Turinga ketayotgan edi. Qo'ng'iroqni futbolchining vakili tashkillashtirgan.

"Yuventus" rasmiy taklif yuborish uchun portugaliyalikning "Real"dan ketish qarorini kutmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, bugun uning agenti Jorje Mendesh "Real" bilan hal qiluvchi muzokaralar o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport