Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatini Fransiyanikidan kuchli deb atadi: "Liga 1da faqat PSJ bor, qolganlar hech narsa emas"

Alisher
27 dek 2024
Krishtianu Ronaldu yana Saudiya Arabistoni chempionatini Fransiyanikidan kuchliroq deb atadi.

"Saudiya ligasi Liga 1dan kuchlimi? Albatta, bu oddiy savol. Buni bu erda o'ynayotganim uchun aytmayapman. Menga odamlarning nima o'ylayotgani baribir. Bu erga keling va o'ynang.

Fransiyada faqat PSJ bor, qolganlar hech narsa emas. Mayli, boshqa jamoalar raqobat qilishmoqda, ammo PSJ kuchliroq, ularda eng zo'r o'yinchilar. Bu fakt. Odamlarning nega hayron qolishini tushunmayman", – dedi "Al Nassr" hujumchisi.


AlisherMuallif
Manba: sport.es