Ronaldu Qozonda muxlisning pasportiga imzo qo'yib berdi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2017
"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qozonda muxlislarga avtograf berayotgan paytda rossiyalik ishqibozning pasportiga imzo qo'yib berdi.

Muxlisning so'zlariga ko'ra, unda imzo qo'ydirish uchun pasportdan boshqa hech narsa bo'lmagan.

Portugaliya terma jamoasi ayni damda Qozonda Konfederatsiyalar Kubogi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Portugaliyaliklar ilk uchrashuvda Meksikaga qarshi bahsda maydonga tushishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com