Ronaldu – Portugaliyada yil o'yinchisi, Santush – eng yaxshi murabbiy

Narzulla Saydullayev
21 mar 2017
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2016 yil Portugaliyada eng yaxshi futbolchi deb topildi.

32 yoshli futbolchi Real bilan YCHLda g'olib chiqdi va Portugaliya bilan Yevropa chempioni bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Ronaldu Oltin to'p va FIFAning Yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini ham oldi.

Portugaliyada eng yaxshi yosh futbolchi deb 19 yoshli Bavariya yarim himoyachisi Renatu Sanchesh tan olindi. Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush yil murabbiyi deb topildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: abola.pt