Ronaldu Osiyo Chempionlar Ligasidagi golini otasining xotirasiga bag'ishladi

Omonjon To`xtamirzayev
1 okt 2024
Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turida "Al Nassr" "Al Rayyan" bilan ro'baro keldi (2:1).

Mezbonlarga g'alaba keltirgan golga hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Portugaliyalik bu gol o'zi uchun alohida ahamiyat kasb etishini ma'lum qildi:

"Bugun golning ahamiyati men uchun qolganlaridan o'zgacha... Hozir otam hayot bo'lishlarini istardim, chunki bugun ularning tug'ilgan kunlari".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо