Ronaldu medalini tomoshabinlarga uloqtirdi - u ikkinchi bo'lishni yoqtirmaydi

Оқил Абдубарноев
13 fev 2024
O'tgan hafta “Al Nassr” “Al Hilol”ga yutqazdi (0:2) va Riyod kubogida ikkinchi o'rinni egalladi.

Krishtianu Ronaldu o'yindan so'ng yana diqqat markazidan o'rin oldi. 

Ronaldu maydonni tark etar ekan, kumush medalini tribunaga uloqtirgan. Krishtianu ikkinchi bo'lishni yoqtirmasligi aniq - uning uchun faqat birinchi o'rin hisobga o'tadi. 

Portugaliyalik futbolchi 2023 yil boshidan buyon "Al Nassr"da o'ynamoqda, uning amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal