Ronaldu Kumush butsani Naniga sovg'a qildi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2016
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu musobaqaning Kumush butsasini Naniga sovg'a qildi.

Sen haqiqiy sardorsan, sen – chempionsan! Sovg'a uchun rahmat! Olg'a, Portugaliya, biz - chempionlarmiz! - deb yozadi Nani instagramdagi o'z sahifasida.

Ronaldu musobaqada 625 daqiqa o'ynab 3ta gol urdi va 3ta golli pas oshirdi. Nanining hisobida – 3ta gol va bitta golli uzatma bor.

Oltin butsa Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmannga nasib qildi. U musobaqa davomida 6ta gol urdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/luisnani